Asar 1866 yilda yozilgan. Ammo
inson kechinmalarining eski va yangisi bo‘lmaganidek, roman qadri ham
eskirmagan. Kitob o‘zbek tilida bundan avval 1977 yilda chop etilgan.
Qariyb 40 yildan keyin asarni qayta nashr etishdan maqsadimiz, bugungi
kitobxonlarimizni o‘z davrida shuhrat qozongan asar – talaba hayotidan
ayanchli drama bilan tanishtirish. «Kamba¢allik ayb emas, biroq
yo‘qchilik – illat. Birinchisida inson tug‘ma olijanob fazilatlarni
saqlab qola oladi, ammo yo‘qchilikda ularni hech qachon va hech kim
saqlab qola olmaydi», asardagi personajlaridan biri bosh qahramonga bu
gapni hayotiy misollar asosida izohlab beradi. Universitetning sobiq
talabasi bo‘lgan Raskolnikov esa bu gapdan tegishli xulosa chiqara
olmaydi. Natijada, yo‘qchilikdan qutulish, tezda boyib ketish va yuqori
mavqeiga ega bo‘lish maqsadida aql bovar qilmaydigan jinoyat sodir
qiladi. Fojiali jihati – qahramon o‘z jinoyatini oqlaydi. Ammo hayot
qonunlari adolatli – jinoyatni jazosiz qolishiga imkon bermaydi. Ruhiy
jazo jinoyatchini o‘z aybiga iqror bo‘lishga majbur etadi. Romanda shu
mudhish qotillikning uzluksiz uqubatlari bilan birga go‘zal muhabbat
tasviri ham borki, u kitobxon qalbini beixtiyor junbishga keltiradi.
-
Натижа йўқ!