Кенгайтирилган излаш

Пиримқул Қодиров

Пиримқул Қодиров


PIRIMQUL QODIROV
(1928 yilda tug‘ilgan)

Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktyabrda Tojikistonning Shahriston tumaniga qarashli Kengko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning bolalik yillari urush yillariga to‘g‘ri keldi, otasi va oila boshiga tushgan kulfatlarga sherik bo‘ldi, jamoa xo‘jaligida, yo‘l qurilishida, Bekoboddagi metallurgiya zavodida ishladi. Yozuvchi 1946 - 1951 yillarda ToshDU da, so‘ngra Moskvadagi Jahon adabiyoti instituti aspiranturasida ta’lim olib, 1954 yilda Abdulla Qahhor ijodi bo‘yicha dissertatsiya yoqladi. U 1954 - 1963 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, keyin esa til va adabiyot institutida va juda ko‘pgina jamoat ishlarida faoliyat yuritdi. Pirimqul Qodirov Hamza nomli Davlat mukofotiga (1968) sazovor bo‘lgan. U rus adiblari Tolstoyning «Kazaklar», K.Fedinning «Ilk sevinchlar», turkman yozuvchisi X.Deryaevning «Qismat» romanlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Pirimqul Qodirov asarlaridagi pok sevgi, insoniy muhabbat Mahkam va Gavhar, Madaminjon va Ma’suda, Mohim bilan Bobur munosabatida go‘zal tasvirlangan.

Asarlari: «Studentlar» (1950, birinchi hikoyasi, bu kitob chiqqanda Pirimqul Qodirov hali ToshDU da sharqshunoslik fakultetining studenti edi), «Jon shirin» (1968-73, unda xalqimizni kimyoviy dorilar bilan zaharlagan zolimlarga qarshi achchiq haqiqat aytilgan), «Kayf», «Olov», «Meros» qahramonlari: Yolqin Otajonov, Tursun va boshq.) «Qadrim», «Erk» (qahramonlari: Sattor, Oysha, Roziya va boshq.), «Uch ildiz», «Najot» (1940, dastlab «Botirlar va baxillar» deb nomlangan), «Akramning sarguzashtlari» (1974), «Yayra institutga kirmoqchi» (1977), «Olmos kamar», «Ona lochin vidosi», «Qora ko‘zlar» (1963-1966), «Yulduzli tunlar» («Bobur»), «Avlodlar dovoni» (Asar qahramonlari: Humoyun, Hamidabonu, Nizom, Sherxon, Tahmasp (qiyin ahvolga tushib qolgan Humoyunga yordam bergan shoh) va boshq.), «Oilamiz» (ilk ocherki, 1953), «Dil va til» (1974), «Xalq tili va realistik proza» (1973) kabi adabiyotshunos sifatida yarattan risolalari va boshq.


Саралаш:
Кўрсат:
Илинж

Илинж

Adibning “ILINJ” hikoyasida qalamga olingan mavzu barchamizga tanish. Urush va uning asoratlari hat..

6000 сум

Авлодлар довони

Авлодлар довони

«Avlodlar dovoni» asarida shavkatli Humoyunning otadan qolgan meros – Hindistondagi saltanatni boshq..

27000 сум

Уч илдиз

Уч илдиз

«Uch ildiz» romanida shaxsga sig‘inish oqibatlari keskin fosh etilgan. Asar markaziga oliy o‘quv yur..

20000 сум

Олмос камар

Олмос камар

«Olmos kamar» romanida Abror va Sherzodning ma’naviyat, kasb, ruhiyat, shuurdagi kurashlarini, hayot..

20000 сум