Ёлғон психологияси

Yolg‘onning birinchi belgisi – savolga to‘g‘ri javob berishdan qochish. Masalan siz: “Ofisdan kompyuterni sen o‘g‘irladingmi?” – deb so‘raysiz va “Tushunmadim, sen mendan qanday qilib shubhalanishing mumkin?” degan javobni eshitasiz. Yolg‘onchi yana dunyodagi eng toza ko‘ngil inson ekani, universitetda starosta bo‘lgani va uchastka noziri uning do‘stiligini aytadi.Rostgo‘y odam unga ishonishingiz uchun barcha sabablarni sanab o‘tirmaydi. Savolga javob beradi-qo‘yadi.


Ko‘pchilik yolg‘onchini yuzidan aniqlab olish eng oson usul deb o‘ylaydi. Biroq odamning oyog‘i ko‘proq ma'lumot berishi mumkin. Sizda ham shunday holatlar yuz bergan bo‘lsa kerak. Bir kishi bilan yonma-yon o‘tirib, unga savol beryapsiz. Javob sifatida u oyog‘ini qimirlatishni boshlaydi. Bu uning yolg‘on gapirayotganini anglatish ehtimoli katta.Biroq ba'zi odamlar suhbat vaqtida har doim oyoqlarini qimirlatishi haqida unutmang.


Mana bunday voqea yuz bergan. Restoran kassasidan 50 ming rubl o‘g‘irlangan. Kim o‘g‘irlaganini aniqlash uchun xodimlarga anketa berilgan. Unda “Bu odam qanday jazoga loyiq?” degan savol bor edi. Xodimlarning bari “Ishdan bo‘shatish” kabi javoblar yozishgan. Javoblarning faqat bittasi mana bunday bo‘lgan: “Odamlar ba'zida xato qiladi. Bunday holat boshqa takrorlanmasligi uchun o‘sha odamga qattiq ogohlantirish berish lozim”. Odatda aybdor kishilar jazo yengilroq bo‘lishi lozim, deb hisoblaydilar.

Изоҳ қолдириш

Эслатма: HTML белгиларга ижозат йўқ! Оддий матндан фойдаланинг.
    Ёмон           Яхши
Защита от роботов

Ёлғон психологияси

  • Кўрилган: 607
  • Маҳсулот коди: Yolg'on psixologiyasi
  • Мавжудлиги: Мавжуд
  • Муаллиф:
  • ISBN: 978-9943-5786-8-5
  • Бетлар сони: 448
  • Серияси: Ёлғон психологияси
  • Китоб тили: ўзбек
  • Муқоваси:юмшоқ
  • Йили: 2020
  • 45000 сум
  • Солиқсиз: 45000 сум

Pol Ekman, Paul Ekman, Пол Экман, Yolg'on psixologiyasi, Ёлғон психологияси