Алламжонов айбдор (лотин)

Ushbu kitob o‘rtahol oilada tug‘ilib-o‘sgan bolaning tanish-bilishsiz va hech qanday yirik mablag‘siz orzusiga yetgani — o‘zi xohlagandek inson bo‘la olgani haqida. Sho‘x, bebosh, doim yangi g‘oyalar va rejalar bilan yonib yuradigan bolakay o‘z ustida ishlab, shu asnoda atrof-olamdagi muhitni ham o‘zgartirgan.

Komil Allamjonov kitobxon bilan ochiqcha suhbatda insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmaslik sirlari, muvaffaqiyatga, boylik va e’tirofga erishish yo‘lida qanday yo‘qotishlarga duch kelishi mumkinligi va shaxsiy Menini saqlab qolish uchun nimalarga e’tibor berishi kerakligi haqida gapiradi.

Rang-barang voqealarga boy bu asarda muallif fe’l-atvorini shaklantirgan muhim davrlar va turli insonlar bilan uchrashuvlar goh hazilomuz tarzda, goh alam bilan tasvirlangan; to‘qima safsatalar puchga chiqarilgan, butun mamlakatda shov-shuv bo‘lgan hodisalarning parda orti jarayoni ko‘rsatilgan, ko‘plab farazlar va mish-mishlarga nuqta qo‘yilgan.

Komil Allamjonov kitobxonlarni o‘z bolaligi, yoshligi, katta hayotining yo‘llari bo‘ylab ajoyib sayohatga chorlaydi; biznesini qanday qurgani, nima uchun muvaffaqiyatsizlikka uchragani yoki g‘alabaga erishganini, unga kim yordam bergani va kim “oyog‘idan chalishga” uringani haqida, dushmanlari qanday qilib do‘stga aylangani va aksincha bo‘lgan vaziyatlar to‘g‘risida oshkora so‘zlaydi. Taniqli odamlarning shaxsiyatini yangi va kutilmagan tarafdan ochib beradi.

Mamlakat Prezidentining matbuot kotibi lavozimida ishlagan davrlarini xotirlab, o‘quvchini hokimyat yo‘laklaridan yetaklaydi, kutilgan imtiyozlar o‘rniga yelkaga mas’uliyatning og‘ir yuki tushishi ma’lum bo‘ladi. Bu yuk oddiy insoniy shodliklarga mutlaqo o‘rin qoldirmaydi. Negaki, millionlab odamlar taqdiri bilan bog‘liq ko‘plab muammolarga yechim topishdek oxiri ko‘rinmaydigan yo‘lga tushib qolinadi.

Komil Allamjonov COVID-19 pandemiyasi vaqtida mamlakatda yuzaga kelgan muammolar va kasallik bilan bir qatorda uning vahimasi bilan, ayrim mas’ul shaxslarning layoqatsizligi, soxta ma’lumotlar tarqatilishi va mamlakatda lokdaun joriy qilinishi bilan bog‘liq boshqa muammolar bilan kurashishga to‘g‘ri kelgani haqida oshkora so‘zlab beradi.

Muallif hayotda o‘z yo‘lini izlayotgan yoshlarga motivasiya berish uchun mo‘ljallangan bu kitob memuar emasligi, unday asar yozishga hali ertaligini aytib, o‘quvchiga tushuntirish beradi. Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va islohotlar tufayligina bunday kitobni nashr etish imkoniyati tug‘ilib, so‘z erkinligi eshiklari ochilganini, mamlakatga yangi o‘zgarishlar shamoli esganini ta’kidlaydi.

Изоҳ қолдириш

Эслатма: HTML белгиларга ижозат йўқ! Оддий матндан фойдаланинг.
    Ёмон           Яхши
Защита от роботов

Алламжонов айбдор (лотин)

  • Кўрилган: 656
  • Нашриёт: Novda Edutainment
  • Маҳсулот коди: Allamjonov aybdor
  • Мавжудлиги: Мавжуд
  • Муаллиф: Комил Алламжонов
  • ISBN: 978-9943-7207-0-1
  • Бетлар сони: 312
  • Китоб тили: ўзбек
  • Муқоваси:юмшоқ
  • Файл ҳажми: A5
  • Йили: 2021
  • 99000 сум
  • Солиқсиз: 99000 сум

Алламжонов айбдор, Комил Алламжонов, Allamjonov aybdor, Komil Allamjonov, Allamjonov kitob, Алламжонов китоб