Алвон елканлар

BOOK.UZ'da Aleksandr Grinning «Alvon yelkanlar» qissasi primyerasi.


Inson borki, orzu umidlar, ulkan maqsadlar og’ushida yashaydi. Biroq ularga erishish uchun harakatning o’zigina kamlik qiladi. Sabr va ishonch orzular mamlakatining kalitidir.  


Aleksandr Grinning «Alvon yelkanlar» qissasi qahramoni Assol ham hayotidagi iztiroblarga qaramay  ana shu ishonch bilan baxt qasri eshiklarini ocha oldi.


Assol go‘daklik chog‘ida onasidan ajrab qoladi. Otasi esa o‘zini qizalog‘ining tarbiyasiga bag‘ishlaydi. Uni mo‘jizalarga ishonch ruhida o‘stiradi. Bir kuni qizaloq Egil ismli keksa ertakchini uchratib qoladi. Ertakchi qizaloqqa qachonlardir uni so‘roqlab alvon yelkanli kemada shahzoda kelishini aytadi. Qizcha ana shu gapga ishonadi va sadoqat bilan o‘sha saodatli damlarni kutib yashaydi. 


Bu yo‘lda qanchadan-qancha aziyatlar chekadi. Boshiga malomat toshlari yog‘iladi. Yo‘qchilik, dasti qisqalik hamisha ortidan ergashib yuradi. Ammo u hech qachon taslim bo‘lmaydi. O‘z saodati uchun mehnat qilishdan chekinmaydi.  

U mo‘jiza o‘z-o‘zidan kelmasligini, uni inson o‘z qo‘li bilan yaratishi lozimligini anglagan daqiqalardan, boshqalarni ham ana shu haqiqatga ishontiradi.


Lotin alifbosida chop etilgan mazkur asar, ayniqsa, o‘smir kitobxonlarimizga munosib tuhfa bo‘ladi.

Изоҳ қолдириш

Эслатма: HTML белгиларга ижозат йўқ! Оддий матндан фойдаланинг.
    Ёмон           Яхши
Защита от роботов

Алвон елканлар

  • Кўрилган: 429
  • Нашриёт: ЯНГИ АСР АВЛОДИ
  • Маҳсулот коди: alvon yelkanlar
  • Мавжудлиги: Мавжуд
  • Муаллиф: Александр Грин
  • ISBN: 978-9943-20-830-8
  • Бетлар сони: 128
  • Китоб тили: ўзбек
  • Муқоваси:юмшоқ
  • Файл ҳажми: A5
  • Йили: 2021
  • 17000 сум
  • Солиқсиз: 17000 сум

Aleksandr Grin, Alvon yelkanlar, Александр Грин, Алвон елканлар