Atrofimizda turlicha tabiat egalari bor. Kimdir ochiq ko'ngil- kimdir g'azabnok, kimdir shafqatli-kimdir mehrsiz, kimdir samimiy- kimdir xushomadni yaxshi ko'radi. Ammo shunday tabiatli insonlar toifasi borki, ular nafaqat og'zaki gurunglarning, balki butun boshli asarlarning qahramonlariga aylanganlar. Shunday qahramonlardan biri, shubhasiz, Sadriddin Ayniyning xasislikda, sudxo'rlikda dong'i ketgan Qori Ishkambasidir.
Boylik, mol-dunyo nafaqat ko'zini, balki butun ong-u shuurini egallab olgan Ishkamba obrazi, uning qarashlari, atrofidagi odamlar va yashayotgan muhitiga munosabati kitobxonning kulgidan ko'ra, g'azabini, ko'pchilik holatlarda esa chin dildan rahm-shadqat tuyg'usini uyg'otadi.