Янги Фарғона тонг отгунча 1

Asarning dunyoga kelishi va ilk bor nashr etilishi uzoq tarixga ega. Shunday ekan, asar haqida emas, uning qahramonlariga to‘xtalamiz. Maqsadimiz, o‘quvchini qiziqtirish va mutolaaga sabab bo‘lish...
Asar bosh qahramonlari G‘ulom va Hayot. Mutolaa jarayonida bu nomlar bejiz tanlanmaganiga guvoh bo‘lasiz. G‘ulom – haqiqatda hayotning quli, hayot esa uni shu darajada sinovlar va jafolar iskanjasiga tashlaydiki, maqsadi aniq, niyatlari ulug‘ yigitga na qamoq, na xo‘rlash va na qiynoqlar ta’sir qiladi. Hayot uchun kurashadi. O‘zining Hayoti, sevgilisi uchun kurashadi. Hech bir sabab uni Hayotdan qaytara olmaydi, ammo... Ammo nohaq urilgan darralar ostida hayotidan mahrum bo‘ladi... Sevgilisi Hayot esa ongsiz va o‘ylovsiz buvisining betayin qarorlari, asrlar osha davom etib kelayotgan bid’atlar qurboni bo‘ladi. Nihoyada esa G‘ulomga munosib holda o‘z hayotini o‘zi hal qiladi.
Asarda nafaqat ikki yoshga daxldor fojia, balki davrning, siyosatning, jamiyat tepasidagi yuholarning xalq kuchini zulukday so‘rishi, xudbinlik va ochko‘zlik oqibatida xiralashgan nigohlarning fojiasi juda yorqin tasvirlarda ifodalanadi.
Darvoqe, jafokash va jabrdiyda G‘ulomning o‘limi asarga xotima yasamaydi, mutolaa jarayonida fojia oqibatlari o‘quvchiga bir oz taskin beradi, ammo...

Изоҳ қолдириш

Эслатма: HTML белгиларга ижозат йўқ! Оддий матндан фойдаланинг.
    Ёмон           Яхши
Защита от роботов

Фарғона тонг отгунча 1

  • Кўрилган: 68
  • Нашриёт: ЯНГИ АСР АВЛОДИ
  • Маҳсулот коди: Farg'ona tong otguncha
  • Мавжудлиги: Мавжуд
  • Муаллиф: Мирзакалон Исмоилий
  • ISBN: 978-9943-20-567-3
  • Бетлар сони: 560
  • Китоб тили: O'zbek
  • Муқоваси:Қаттиқ
  • Йили: 2019
  • 25000 сум

Мирзакалон Исмоилий, Mirzakalon Ismoiliy