Илинж

Adibning “ILINJ” hikoyasida qalamga olingan mavzu barchamizga tanish. Urush va uning asoratlari hattoki, oradan o‘ttiz yil o‘tgan bo‘lsa-da insonlar boshiga kulfat solib turgani, farzandini kutayotgan onalar, turmush o‘rtog‘ining yo‘liga intiq bo‘lib kutayotgan ayollar, otasining eshikdan kulib kirib kelishiga ko‘z tikkan yetim bolalar, jigarining yarim jon bo‘lsa-da bag‘riga qaytishini intizor kutayotgan qondoshlar… Mana shunday adadsiz g‘am va kulfatlarga qaramay so‘nggi umidini, ilinjini saqlab turgan onalar haqida adib hikoya qilgan.


         Yozuvchining o‘zi ham o‘sha suronli yillarning bevosita guvohi sifatida quyidagicha qayd etadi: “Mening ikki opam urush davrida Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan erlariga sadoqat saqlab, boshqa turmush qurishmadi. Biri ikki o‘g‘ilni, biri uch farzandni otasiz o‘stirib odam qilishdi. Bunday onalar har bir qishloqda, har bir shaharda bor. Men shu hikoya orqali ularning hammasiga cheksiz ehtiromimni izhor qilmoqchiman.”       


         Bu asarda turmush o‘rtog‘ini o‘ttiz yil sabr bilan kutgan ona haqida hikoya etilgan. Onaning har kunlik intilishi, darvozaga ko‘z tegib erining yana qaytadan uyiga kirib kelishini kutishi – bu ulkan SABR belgisi. Urushdan keyingi yillarda ana shunday hayot kechirgan onalar, ayollar mamlakatning har bir chekkasida, har bir hududida sanoqsiz topilardi. Bu hikoya esa o‘sha minglardan biri haqida, aslida esa o‘sha minglarning yaqqol ramziy ifodasidir.


         Onaning o‘ttiz yillik ilinjini hatto “QORAXAT” ham sindira olmadi! Bu ilinjning ostida qanchalik katta mehr, qanchalik cheksiz sadoqat borligini mutolaa jarayonida bevosita anglash mumkin. Bu esa ilinj insonni yashashga undovchi ulkan tuyg‘u ekanligiga bir ishoradir.

Изоҳ қолдириш

Эслатма: HTML белгиларга ижозат йўқ! Оддий матндан фойдаланинг.
    Ёмон           Яхши
Защита от роботов

Илинж

  • Кўрилган: 3261
  • Нашриёт: ЯНГИ АСР АВЛОДИ
  • Маҳсулот коди: Ilinj
  • Мавжудлиги: Мавжуд
  • Муаллиф: Пиримқул Қодиров
  • ISBN: 978-9943-27-998-8
  • Бетлар сони: 128
  • Китоб тили: O'zbek
  • Муқоваси:Юмшоқ
  • Йили: 2019
  • 7000 сум
  • Солиқсиз: 7000 сум

Пиримқул Қодиров, Pirimqul Qodirov