Муму

Ivan Sergeyevich Turgenevning «Mumu» asarida soqov Gerasim o‘zi begona xonadonda xizmat qilgani holda kichkina kuchukchani boqib oladi. Ammo boy xotin uni sig‘dirmaydi. Xizmatkorga kuchukni suvga cho‘ktirishni buyuradi. Gerasim o‘zi parvarish qilgan jonivorni suvga cho‘ktiradimi yoki yo‘qmi, buni hikoyani o‘qish davomida bilib olasiz.

Mazkur kitobdan I.Turgenevning «Bejin o‘tlog‘i» hikoyasi ham o‘rin olgan. Sizga tengdosh bo‘lgan o‘smir yigitlar tun qo‘ynida, olov atrofida bir-birlariga qiziqarli, dahshatli va qo‘rqinchi voqealarni gapirib beradilar.

Aziz o‘quvchi, shuningdek, mazkur kitobga rus klassik adiblari – Andrey Nekrasov va Anton Cheхovlarning ham maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan sara asarlari jamlandi. Ularning ba’zilari bilan maktab darsliklari orqali tanishsiz. Ba’zilarini esa faqat nomlarini bilasiz. O‘ylaymizki, ushbu to‘plam sizga manzur bo‘ladi va undagi har bir qahramon kechinmalari, boshidan o‘tkazganlari siz aziz kitobхonni befarq qoldirmaydi.

Darvoqe, kitobni o‘qigach, albatta, uni do‘stlaringizga ham tavsiya qiling.





Изоҳ қолдириш

Эслатма: HTML белгиларга ижозат йўқ! Оддий матндан фойдаланинг.
    Ёмон           Яхши
Защита от роботов

Муму

  • 20000 сум
  • Солиқсиз: 20000 сум