Янги Навоий

«Navoiy» romani o‘zbek va rus tillarida bir necha marta nashr etilgan asar. Navoiydan keyingi davr uning asarlariga qiziqishni oshirsa oshirdiki, аslo kamaytirmadi. Oybek asarda Navoiy siymosini yaratadi. Bundan besh asr oldin yashab o‘tgan ulug‘ shoirni aniq va yaqqol tasavvur etish buyuk yozuvchigagina хos. Oybek romanda buyuk shoir obrazini yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga bo‘lgan munosabati tasviridan ham o‘rinli foydalangan. Asarda Navoiy obraziga xos xususiyatlar sofdillik, qat’iyat va olijanoblik kabi fazilatlarda namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat, «Navoiy» romani o‘zining badiiy-estetik qimmati, mazmun-mohiyati, badiiy-tasviriy vositalarga limmo-limligi, voqealarning izchilligi, tarixiy haqiqatning ko‘zgusi bo‘la olganligi, qahramonlarning bir-biri bilan, ya’ni to‘qima va tarixiy obrazlarning uyg‘unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e’tiroflarga loyiq asardir. Shu bois ham bu asar mana necha yillarki, o‘z qadr-qimmatini yo‘qotgan emas, yo‘qotmaydi ham. Chunki chinakam
badiiy san’at asari hech qachon o‘lmaydi. Bunday asarlarni xalq unutmaydi. Oybekning o‘zbek mumtoz adabiyotida yorqin siymo, ulug‘ mutafakkir sanalgan Navoiy obrazini go‘zal tasvirlab bera olgan bu romani mangu yashayveradi.

Изоҳ қолдириш

Эслатма: HTML белгиларга ижозат йўқ! Оддий матндан фойдаланинг.
    Ёмон           Яхши
Защита от роботов

Навоий

  • Кўрилган: 172
  • Нашриёт: ЯНГИ АСР АВЛОДИ
  • Маҳсулот коди: Navoiy
  • Мавжудлиги: Мавжуд
  • Муаллиф: Ойбек
  • ISBN: 978-9943-20-603-8
  • Бетлар сони: 528
  • Китоб тили: O'zbek
  • Муқоваси:Қаттиқ
  • Йили: 2019
  • 23000 сум

Ойбек, Oybek