Ўтар қуш ноласи

Asardagi voqealar rivojida biz jung‘oroyratlariga qarshi dahshatli va qonli janglar ketayotgan vaqtdagi qirg‘iz xalqining oddiy ovulidagi ahvolni ko‘ramiz. Yigitlar, erlar, otalar, aka-ukalar VATAN ozodligi uchun, qullikdan xazar qilgan holda makkor dushmanga qarshi qon kechmoqdalar. Hamma o‘z qarindoshi, qondoshining jangdan sog‘-omon qaytishiga umid qiladi. Elomon aytganidek: “... Ilohim, barcha yigitlar ot ustida o‘zlari tik turib kelishsin, egarga bo‘ktargi qilib ko‘ndalang yotqizib kelgulik etmasin!” Bundan ma’lum bo‘ladiki, urush dahshati hech bir oilani chetlab o‘magani barobarida, ajal sharpasi ovulning har bir o‘tovi ustida kezib yuribdi.


         Kelinining vafot etgan singlisining janozaga borishga intilib, yuragi to‘xtay boshlagan o‘tovsoz Sengirboy va og‘ir pallada barcha og‘irlikni qo‘liga olishga qodir bo‘lgan, iymoni but, irodasi mustahkam ayol Kerto‘lg‘a-zaifa asarning bosh markazini tashkil etsada, ammo uning kenja o‘gli Elomon hali go‘r bola bo‘lsada, kelajakda uni qanday qismat kutayotganini o‘zi ham bilmaydi. Kelajak unga shon-shuhrat bilan birga achchiq qismatni ham ravo ko‘rganini u hali qaydan bilsin!?


         Onaning Issiqko‘lga tikilgancha qilgan munojoti, Tangriga qilgan nolasi o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Zero, “Ey, ISSIQKO‘L, sen yerning ko‘zisan, har doim osmonga boqib turasan. Tangri senga qaraganda mening o‘tinchlarimni bilib olajak. ... bizning o‘choqlarimizning oyrot otlari tuyoqlari ostida toptalishiga yo‘l qo‘yma. ODIL bo‘l – ayovsiz ochiq jangda bizga g‘alabangni darig‘ tutma...”. Onaning iltijosida bir olam nolayu afg‘on borligini o‘quvchi bir qarashda sezadi. Ona o‘z farzandlari omon qaytishini, kichigini esa buyuk “Manas” kuylovchisi bo‘lishini tilaydi. Kelajakda kichigi haqiqatda buyuk kuychi bo‘lishi bilan birga achchiq qismatga duchor bo‘lishini bu paytda na ona, na o‘g‘il bilmasdilar...


Изоҳ қолдириш

Эслатма: HTML белгиларга ижозат йўқ! Оддий матндан фойдаланинг.
    Ёмон           Яхши
Защита от роботов

Ўтар қуш ноласи

  • Кўрилган: 603
  • Нашриёт: ЯНГИ АСР АВЛОДИ
  • Маҳсулот коди: O'tar qush nolasi
  • Мавжудлиги: Мавжуд
  • Муаллиф: Чингиз Айтматов
  • ISBN: 978-9943-20-252-8
  • Бетлар сони: 144
  • Китоб тили: O'zbek
  • Муқоваси:Юмшоқ
  • Йили: 2019
  • 6000 сум

Chingiz Aytmatov, Чингиз Айтматов