undefined -

Anna Frank kundaligi

5(0 Odam)
Fikr bildirish

32,000 UZS

  • ISBN
    978-9943-7514-2-2
  • Yozuvi
    Lotincha
  • Yili
    2021
  • Tili
    O'zbekcha
  • Betlar soni
    320
  • Nashriyot
    iRead.uz
  • Muqova
    Yumshoq
  • Tarjimon
    Sojida Samandarova

Kitob haqida

«Anna Frank kundaligi» - jahon adabiyotidagi eng mashhur kundalik-asarlardan biri boʻlib, unda yosh yahudiy qiz - Annaning Ikkinchi Jahon urushi davrida oʻtgan ikki yillik yashirinishdagi hayoti tasvirlangan. «Anna Frank kundaligi» shu paytgacha yetmishdan ortiq tillarga tarjima qilingan va o'ttiz milliondan oshiq nusxada chop etilgan. Shuningdek, ushbu kitob jahon adabiyotida «Injil»dan keyin eng koʻp mutolaa qilingan nobadiiy asar hisoblanadi. «Anna Frank kundaligi» juda ko'plab nashrlar tomonidan XX asrning eng yaxshi kitoblari o‘nligida e'tirof etilgan. Ushbu kundalik asosida bir necha sahna asarlari va filmlar suratga olingan. Anna yashiringan uy esa 1960-yilda uning nomidagi muzeyga aylantirilgan. Kitob maktub holida yozilgan bo'lib, unda o'smir qiz Annaning ichki kechinmalari, dunyoga qanday nazar bilan boqishi aks etadi. Kitobni o‘qir ekansiz, qanday qilib sho'x-shodon, oʻzini gapirishdan tiyolmaydigan qizaloqning ikki yil davomida tashqi duyodan yiroqda, o'z tuyg‘ulari og'ushida hayot kechirganini bilib olasiz. Kundalikka Kitti deya nom bergan Anna, uni eng yaqin doʻsti sifatida qabul qiladi va bor oʻy-xayollarini u bilan boʻlishadi.