Asalari mayaning sarguzashtlari

Valdemar Bonsels
5(0 Odam)
Fikr bildirish

25,000 UZS

  • ISBN
    978-9943-52-520-0
  • Yozuvi
    Lotincha
  • Yili
    2018
  • Tili
    O'zbekcha
  • Betlar soni
    240
  • Nashriyot
    O'zbekiston
  • Muqova
    Qattiq

Kitob haqida

Valdemar Bonsels (1880-1952) XX asr olmon adabiyotining eng ko'p mutolaa qilinadigan zabardast vakillaridan biri. Uning «Asalari Mayaning sarguzashtlari» asari 1912-yilda nashr etilgan va dunyoning 40 dan ortiq tillariga tarjima qilinib, muallifga olam- shumul shuhrat keltirgan. 1915-yilda kitobning mantiqiy davomi sifatida «Samo xalqi» asari chop etilgan. Asar yosh va qiziquvchan asalari Mayaning boshidan kechirganlari haqida hikoya qiladi. U o'z sarguzashti davomida turli hasharotlar, qumursqalar bilan uchrashadi va ular bilan suhbatlashib o'ziga yarasha xulosalar chiqaradi. Qovog'arilar qo'liga tushib qolgan Maya ittifoqo ularning o'z vataniga bosqin uyushtirmoqichi ekanidan xabar topadi va o'z qirolichasini boxabar etib butun asalarilar oilasini qirg'inbarotdan asrab qoladi. Uning ushbu mardonavor harakati, albatta yaxshi qabul qilinadi va u o'z oilasining muhim a'zolaridan biriga aylanadi.