Haqiqiy omad kaliti yoxud savdogarlar ustozi 2
Ahadquli Xolmuhammad o'g'li33,000 UZS
- DETAILS.ISBN9789943842816
- DETAILS.TYPE_OF_WRITEINSCRIPTION.CYRILLIC
- DETAILS.YEAR2023
- DETAILS.LANGUAGELANGUAGE.UZBEK
- DETAILS.NUMBER_OF_PAGE160
- DETAILS.PUBLISHINGIlm-Ziyo-Zakovat
- DETAILS.COVERCOVER.PAPER
DETAILS.PRODUCT_DESCRIPTION
Qoʼlingizdagi ushbu moʼjaz kitob "Haqiqiy omad kaliti yoxud Savdogarlar ustozi" nomi bilan insonlarning qalbidan joy olgan va "Davomi bormi?", degan yuzlarcha soʼrovlarning javobi oʼlaroq “Haqiqiy omad kaliti yoxud Savdogarlar ustozi 2" boʼlib sizlarga taqdim etilmoqda. Ikkinchi qismida musulmonlarning boy boʼlishidagi hikmatlar, boylikning nafi, undan koʼzlangan maqsadlar, qoʼldagi mulkka emas, Аlloh Taoloning dargohidagi xazinalarga koʼproq ishonishning buyuk yutuqligi, joʼmardlikning benazir namunalari, jasurlikning "qoʼrqoqlik umrini uzaytirmaydi, botirlik umrni qisqartirmaydi" qabilidagi goʼzal anglamlari, ustozga, ota-onaga xizmatning haqiqiy yuksalish ekani, til oʼrganishning inja sirlari, bola tarbiyasining nozik jihatlari, sherikchilikning nodir namunalari, tijoratchi boʼlishning gʼayratni joʼshtirar tomonlari, safar, sayohat qilishning ming bir foydalari, sogʼlom hayotning haligacha oʼzgarmagan oltin qoidalari,sarmoyador boʼlishning nozik tomonlari va boshqa ajib bir ilmlarning kissalarda jo boʼlgan dilga yaqin jamlanmalarini koʼrasiz. Аbdulloh ibn Muborak hazratlari Madrasada mudarris, ustoz, goʼzal notiq, shaharlarda tojir, janglarda buyuk bir qahramon edi. Qalam va qilich sohibi edi. Qalami bilan oʼzidan keyin keladiganlarning hayotini yengillashtiradigan asarlar yozdi, qilichi bilan tillarda doston boʼlgulik mardlik va jasoratning beqiyos namunalarini koʼrsatdi.