DETAILS.PRODUCT_DESCRIPTION
Eʼtiboringizga havola etilayotgan kitobda taniqli adabiyotshunos, tasavvufshunos Ibrohim Haqqulning "Аdabiyot va Hayot","Аdabiyot va inson", "Аdabiyot va Аbadiyat" haqidagi teran ilmiy xulosalari, "Haq va Haqiqat" haqidagi hikmatlari bilan tanishasiz. Kitobda, ayniqsa, tasavvuf hamda Аlisher Navoiy ijodiyotiga doir talqin va tahlillarga keng oʼrin berilgan boʼlib, adabiyotimizdagi milliy ruh, badiiy tasvir vositalari, uning oʼziga xos g'oya va uslubi xususidagi adabiy oʼylar har bir kitobxonni oʼyga toldiradi. Kitob Ibrohim Haqqul shaxsiyati va ijodiyoti muhiblariga, adabiyotshunos, tasavvufshunos, shuningdek, keng kitobxonlar ommasiga moʼljallangan.