DETAILS.PRODUCT_DESCRIPTION
Inglizcha-o'zbekcha rasmli lug'at maktab yoshigacha bo'lgan bolalar va boshlang'ich sinf o'quvchilariga mo'ljallangan. Kitob bolaga ingliz tilidagi dastlabki so'zlarni o'rganishga va ularni eslab qolishga yordam beradi. Kitobda berilgan so'zlar alohida mavzularga oid qilib taqsimlangan. Har bir so'z rasmda tasvirlangan. Bu kitobning boshqalaridan farqi shundaki, bolalar so'zlarni yodlash jarayonida rasmlari bo'yasalar ham bo'ladi. Bo'yash vaqtida ular o'rganayotgan narsaning tomonlari, holatlari va bo'laklari bilan yaqindan tanishadilar. Rasmlarga rang berish uchun shu narsalari atrofdan qidiradilar. Bu esa o'z o'rnida bolaning bilim doirasini va kuzatuvchanligini oshiradi.