DETAILS.PRODUCT_DESCRIPTION
Mening nazarimda haqiqiy adabiyot bu dunyodagi jamiki narsalarni, hayotni, fikrni, xayolni, o‘sha farazlarni, taxminlarni, gumonlarni, siyosatlarni aks ettiruvchi bir Xudo tomonidan berilgan, bizning aql-idrokimizga singdirilgan ijoddir», degan edi Olim Otaxon. Yozuvchi o‘z hikoyalarida ana shu haqiqiy adabiyotni yaratishga bel bog‘laydi, shu olamni butun nafosati, zalvori, ko‘lami va ranglari bilan ko‘rsatishga intiladi. Bunga maʼlum darajada erishadi ham. O‘zbek hikoyachiligida o‘ziga xos dunyo yaratgan Olim Otaxon hikoyalarini o‘qib siz ham bunga amin bo‘lasiz...