DETAILS.PRODUCT_DESCRIPTION
Bolajonlarimizga yangi dunyolarni ochadigan, ularni turfa tabiatl iqahramonlar bilan yuzlashtiradigan, umrlarining eng go'zal lahzalariga bezak beradigan ertaklarni nashrga tayyorlarkanmiz, kichiklar oldida qanchalik katta mas'uliyatimiz borligini his qildik. "Mening ertaklar kolleksiyam" ruknida dunyo xalq og'zaki ijodining betakror namunalari farzandlarimizni bolaligidanoq adabiyotga, kitobga mehr qo'yishlari maqsadi bilan nashrga tayyorlandi. Shuningdek, ushbu turkum kitoblar Prezidentimizning 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271-sonli qarori hamda Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo' yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan To'ritinchi tashabbusni hayotga tatbiq etish borasida nashriyotimizning kichik bir hissasi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Ta'kidlamoqchimizki, "Mening ertaklar kolleksiyam" ruknida tayyorlangan kitoblar "Eng kitobxon maktab" loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ham alohida ahamiyatga ega. Turkum ertaklarimizning o'quvchilar qo'liga yetib borishida bizni qollab-quvvatlagan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Ö'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda "Kitob markazi-Kitob dunyosi" tarmoq savdo markaziga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Yosh kitobxon do'stlarimizga esa maroqli mutolaa tilaymiz!