Янги Тез кунда Сув остида 80 минг километр

XIX asring ikkinchi yarmida dengiz va okeanlarda to'satdan paydo bo'lgan suv jonivori omma e'tiboriga tushdi. U suzish tezligi va bahaybatligi bilan kitni ham ortda qoldirar edi. Ulkan suv maxluqi haqidagi gazeta sahifalarida tinimsiz yoritib borilayotgan turli taxminlar olimlarning qiziqishini uyg'otdi va maxsus ekspeditsiya uyushtirib, uning iziga tushdilar.

Bu suv jonivori bilan yaqindan tanishish faqatgina professor Aronaks, uning xizmatkori Konsel va garpunchi Ned Lendga nasib etdi. Ular hamma ulkan jonivor deb atagan kema bortiga tushib qoldilar hamda kapitan Nemoning suv osti kemasida butun dunyo boʻylab ham xatarli, ham g'aroyib sarguzashtlarni boshdan kechiradilar.

Asar qahramonlari bilan birga boʻlgan qit'alararo suv ostida gʻoyibona sayohat, shubhasiz, o'quvchining olam, tabiat, jonivorlar haqidagi tasavvurlarini boyitadi

Rus tilidan Sa'dulla Karamatov tarjimasi

------------------------------------------------------

Jyul Verni yozishga da'vat etgan inson Aleksandr Dyuma boʻlgan ekan. Lev Tolstoydek ulug' adib ham Jyul Vernning “mahorati"ga tan bergan, hatto uning “Yer shari boʻylab 80 kun” romaniga suratlar ham chizgan. Dmitriy Mendeleyevdek buyuk olim esa uni "daho" deb atagan, dengizning qudrati va suv osti toʻlqinlarining elektr quvvati haqida ixtirolar qilgan akademik Jorj Klod boʻlsa, bu kashfiyotlariga Jyul Vernning “Kapitan Nemo" asari sabab boʻlganini e'tirof etadi. Birinchi boʻlib suv osti kemasini yaratgan ixtirochi Lebef va taniqli gʻorshunos olim Kasterlar ham adibni oʻz kashfiyotlarining "hammualliflari” hisoblaydilar, oʻzlarida ilmga muhabbat tugʻilishiga aynan Jyul Vern asarlari sabab boʻlganini faxr bilan tilga oladilar.

Shunday ekan, muallifning asarlarini bolalaringizga o'qiting, shu orqali ularni ilmga bo'lgan qiziqishlarini orttiring. Ajabmaski yuqorida nomi tilga olingan olimlar singani aql egalari yetishib chiqsa?!

Изоҳ қолдириш

Эслатма: HTML белгиларга ижозат йўқ! Оддий матндан фойдаланинг.
    Ёмон           Яхши
Защита от роботов

Сув остида 80 минг километр

  • Кўрилган: 77
  • Нашриёт: ЯНГИ АСР АВЛОДИ
  • Маҳсулот коди: suv ostida 80 ming kilometr
  • Мавжудлиги: Тез кунда
  • Муаллиф: Жюль Верн
  • ISBN: 978-9943-20-209-2
  • Бетлар сони: 496
  • Китоб тили: ўзбек
  • Муқоваси:қаттиқ
  • Файл ҳажми: A5
  • Йили: 2019
  • 22000 сум
  • Солиқсиз: 22000 сум

Сув остида 80 минг километр, Жюль Верн, Suv ostida 80 ming kilometr, Jyul Vern